Gar otang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan, 
Gar onang bo`lmasa, ko`rgin Xudodan, 
Lk do`sting bo`lmasa ko`rgin o`zingdan, 
Bosgan izingdanu aytgan so`zingdan... 

Mol qadrin bilganga bozordir dunyo, 
Hol qadrin bilganga mozordir dunyo. 
Dunyoni ayblama qolganda yolg`iz, 
Do`st qadrin bilmasga ozordir dunyo. 

But aylarsan agar kamu kust topsang, 
Qaraysan mag`zdan oldin po`st topsang, 
Birodar oynadir, birodar uchun.. 
Asrashni o`rgangin yaxshi do`st topsang. 

Odamzorda odam asli noyobdir. 
Boburning shu so`zi snga kitobdir. 
Do`stga zor qilma db, bjiz aytilmas, 
Umr gulshanida chin do`st oftobdir. 

Gar akang bo`lmasa ko`rgin Xudodan, 
Gar ukang bo`lmasa ko`rgin Xudodan, 
Lk do`sting bo`lmasa ko`rgin o`zingdan 
Bosar izingdanu aytar so`zingdan
